2026-yil 21-sentabr kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumani 254-maktabning 9-B sinfida navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘ulotlari tashkil etildi. Mashg‘ulotlar “Men uchun Vatan nima?” mavzusiga bag‘ishlanib, o‘quvchilar bilan Vatan tushunchasi, ona yurtga mehr, milliy qadriyatlar, tinchlik va yurt ravnaqi uchun mas’uliyat kabi mavzularda suhbatlar olib borildi. Dars davomida o'quvchilarning topqirligi va zukkoligini tekshirish maqsadida Vatan tushunchasi va unga aloqador so‘zlardan tashkil topgan "Kim topqir?" metodi asosida qiziqarli o‘yin tashkil etildi. Bunday mashg‘ulotlar yosh avlodda "Vatan" tushunchasi va unga aloqador bo‘lgan tushunchalarni shakllantirishga va ularda burch va mas’uliyat hissini shakllantirishga yordam beradi.